- Votes:
Ey, dil Lyrics Translations:
transliterationBotir Qodirov - Ey, dil lyrics
Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, og'rimaysan?
Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, yig'lamaysan?
Kaftda tutay, gulga o'ray,
Nima qilsam, yig'lamaysan?
Tiling bo'lsa, aytgin axir,
Ketaylikmi osmonlarga,
Odami yo'q, ozori yo'q,
Bozori yo'q tomonlarga? Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, og'rimaysan?
Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, yig'lamaysan?
Shabnamdayin to'kdilar-ku!
Tariqdayin sochdilar-ku!
Har kasodning bozoridaBotir Qodirov - Ey, dil - http://motolyrics.com/botir-qodirov/ey-dil-lyrics.html
Savdo qilmay sotdilar-ku! Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, yig'lamaysan?
Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, og'rimaysan?
Qilni yorgan qirq chechaksan,
Ishq ahliga belanchaksan,
Tashna kelsa, mehring - buloq,
Kaftda tutib, jon halaksan. Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, og'rimaysan?
Ey, dil! Seni nima qilay,
Nima qilsam, yig'lamaysan?
Uzum sabri sharob bo'ldi,
Tog' bardoshi Turob bo'ldi,
Sen og'risang, sen yig'lasang,
Odamizor xarob bo'ldi.