Shahboz & Navruz

So'ngan Tuyg'u Lyrics

So'ngan Tuyg'u video

Votes:
0
Wrong lyrics?

So'ngan Tuyg'u Lyrics Translations:

transliteration

Shahboz & Navruz - So'ngan Tuyg'u lyrics

Ovunaman, eslayman
Rasmingga qarab,
Qalbim istaydi
Bir zum visolingni tilab,
Xatoyimni izlayman
Tunu kunlari o'ylab,
Lekin topolmadim,
Shunda ham ketding ayblab.
Shu kungacha chidadim,
Yolg'onlaringga, afsus!..
Ayblaringga axir
Keltirolmaysan asos.
Sababi edi faqatgina
Mendan qutulmoq.
Sen uchun yashadim
Shu kungacha men, axmoq. Naqarot:
Sensiz ham, o'ylama,
Baribir yashay olaman.
Shunchaki onda-sonda
O'tmishni esga olaman.
Seni sevganim yoqmagani uchun
Shuncha jazolading,
Yuragim yangi hayot sari
Ola boraman. (2x) Ming la'nat o'sha kunga,
Seni uchratdim bekor,
Uchratmaganimda qalbim
Chekmasdi buncha ozor.
Chiroyli yuzingdagi
Kulgularing - faqat niqob.
Muhabbatdan topganim
Bo'ldi faqatgina azob,
Axir ko'zlaringda
Samimiylik edi namoyon,
Bugun esa hayratdaman,
Hammasi aniq ayon.
Men birinchi emas
Va oxirgisi ham emas.
Mengacha oshkor bo'lgan
Qilmishlaring aqlimga sig'mas.
A! Sevgi senga o'yinchoq,
O'ynaysan-da, otasan.
Niqobingni ishga solib,
Kerakligini olasan.
Bir kun kelib, bosh devorga
Tekkanida bilasan.
O'zga qo'lida xor bo'lganda
Qadrimga yetasan.Shahboz & Navruz - So'ngan Tuyg'u - http://motolyrics.com/shahboz-and-navruz/songan-tuygu-lyrics.html
Hali vaqt keladi,
Yig'lab chekasan afsus,
Taqdir yo'llarida
Uchrashtirar hali yuzma yuz.
Ne bo'lganda ham baribir
Hayotda haqiqat bor.
Sensiz yashay olaman,
Barchasi endi tamom. Naqarot: ....... (2x) Men hayrondaman,
Har xil savollar
Aylanar hech ham tinmay,
Ko'ngil qo'ygan edim tasodifan,
O'zim ham bilmay.
Axir sevgi tashrif
Buyuradi qalbga beso'roq,
Lekin uni chiqarib
Bo'lmas ekan hech ham biroq.
Ne uchun men aynan shu qizga
Bog'landim, ey, tangrim?
Aqlan xohlamasam ham,
Lekin tiladi qalbim.
Axir u tuyg'ularning
Qadriga yetmadi zinhor,
Bila turib o'sha qalbga
Beayov berdi ozor.
Seni uchratdimu,
O'zgargan edi bu hayotim,
Bugun esa quvonch o'rnini
Egallar faryodim.
Afsuslanaman, ne uchun
Butkul senga ishondim.
Bugun esa yolg'onlaring
Sababli yolg'iz qoldim.
Hech ham o'chirolmasman
Yuragimdagi sevgim,
Zarracha bo'lsa ham ko'ngling bormidi? -
Kelar bilgim.
Ne bo'lganda ham, baribir,
Hayot etmoqda davom.
Sensiz ham yashay olaman,
Barchasi bo'ldi tamom. Nahot, bo'lolmadik birga,
Ajraldik bir umrga?
Orzular bo'ldi armon,
Dardim endi bepoyon.
O'sha kunlar eslayman,
Xatoyimni bilmayman,
Lekin endi hech qachon
Zinhor ortga qaytmayman. Naqarot: ..... (2x)

Write a comment

What do you think about song "So'ngan Tuyg'u"? Let us know in the comments below!

Recommended songs