Kamola

Meni emas Lyrics

Meni emas video

No photo
Overview
Votes:
+1
Wrong lyrics?

Meni emas Lyrics Translations:

russiantransliteration

Kamola - Meni emas lyrics

Bilmadim, u o'ylarimga
Hech qachon yetib bo'lmaydi.
Bilaman, endi sani na topib,
Na yo'qotib bo'lmaydi.
Sog'inchlarim - quyosh,
Lekin soyaga o'xshaydi.
Bu yer sahro bo'lganda
U dengizni so'raydi.
Har bir dardga
Vaqt davo deydilar, lek bedavo
Dardga mubtalo qilding mani, dilsiz, ou-o.
Sendan kutganim bo'ldi
Faqat mehr va vafo,
Kutmaganimni esa senga
Ko'rmayman ravo.
Chunki sani sevaman
Har daqiqa, har nafas.
Sen esa so'nggi kunlar
Mendan ko'p qilding araz.
Meni sevib, o'zgadan
Qizg'andi deb o'ylasam,
Mendan ketmoqlik yo'lini
Izlar ekansan-a.
Mayli, ketaver, saning
Yo'ling endi to'smayman.
Ko'zlarim zor bo'lsa ham,
Yo'lingga zor boqmayman.
Yuragim tilinadi
Gapirganga hiringlab.
Ketasan, bilmayman,
Sansiz qanday yashayman.
Aldangan yuragim mening,
Lek sani eslaydi.
Hammasi go'zal edi,
Hamon esdan ketmaydi.
Endi esa surating
Dardimga malham bo'lar,
Oldin yozgan xatlaring
Hozirgi dam saqlanar.Kamola - Meni emas - http://motolyrics.com/kamola/meni-emas-lyrics.html
Orzular qayda qoldi,
Yuragim toshday qotdi,
Qo'lim qo'lingda qotdi,
So'ngra esa yo'qotdim.
Go'yo hammasi tushday
O'tadi bu kunlarim,
Lekin ko'z yummam, faqat
Tinmaydi og'riqlarim. Dur gavharni tanladi - tillonimas,
Gul bahorni tanladi - qish, yoznimas.
Tun yulduzni tanladi - kunduz emas.
Sen o'zgani tanlading - meni emas! So'nggi kunlar uzoqlashib
Borardik tobora,
Men esa seni o'ylab,
Qancha bo'ldim ovora.
Hatto kechalari
Unga ketardim yolvora.
Lekin sani ortga qaytarib
Bo'lmas, nachora.
Osmondagi yulduzlar
Har bir gapimga guvoh,
Dardimga davo topmadi
Na tabib, na jarroh.
Izladim dardimga kimdan-da
Bo'lsa ham panoh.
Ishonmasang agar, yolg'iz
Guvohim Olloh. Derazam ortida yig'laydi bahor,
Sendek esda qolib gullaydi gullar,
Yilning ortida - o'tgan yilgi xazonlar..
Shu xazonlar tagida yashar armonlar… Dur gavharni tanladi - tillonimas,
Gul bahorni tanladi - qish, yoznimas.
Tun yulduzni tanladi - kunduz emas.
Sen o'zgani tanlading - meni emas! Ketaman deysanu, lek gohlari o'ylab,
Vaqti kelib hali afsuslarda kuyma!
Yolg'onchi so'zlarga uchib, uni suyma!
O'yla! O'yla! Dur gavharni tanladi - tillonimas,
Gul bahorni tanladi - qish, yoznimas.
Tun yulduzni tanladi - kunduz emas.
Sen o'zgani tanlading - meni emas! Submitter's comments:  Очень быстрое и тихое пение-говорение.

Write a comment

What do you think about song "Meni emas"? Let us know in the comments below!

Recommended songs