Sherali Jo'rayev

Iltijo Lyrics

Iltijo video

Votes:
0
Wrong lyrics?

Iltijo Lyrics Translations:

transliteration

Sherali Jo'rayev - Iltijo lyrics

Bahor kelsa boshlanar bogʻda bulbul хonishi,
Saʻva, qumri nagʻmasi, suralay tovlanishi,
Qirlarda navroʻz sayli, lolalarning yonishi,
Toʻxtamas tabiatdan haqqushlar zorlanishi Ketma bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan,
Ketma bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan. Qilmishi qingʻir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolgʻiz otga olamda nom qayda, nishon qayda?Sherali Jo'rayev - Iltijo - http://motolyrics.com/sherali-jorayev/iltijo-lyrics.html
Bahor, sensiz sahroyu togʻu toshga jon qayda? Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan,
Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan. Maysadagi shudringlar kimlarning koʻz yoshlari,
Giyoh bilan qoplanmish koʻhna qabr toshlari,
Bu yerda yotar otam, yovqur elatdoshlarim,
Har bahor eslar uni qavmu qarindoshlarim. Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan,
Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan.

Write a comment

What do you think about song "Iltijo"? Let us know in the comments below!

Recommended songs