Sherali Jo'rayev

Sherali Jo'rayev Lyrics

Sherali Jo'rayev video

Votes:
0
Wrong lyrics?

Sherali Jo'rayev - Sherali Jo'rayev lyrics

DO'ST BO'LSANG YONIMDA TUR
Ey jonu dilim, sen meni
yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni
shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen
shirin jonimda tur Bevafo jon deydilar, pokiza
iymonimda tur,
Har yomonu yaxshi kunda
barcha imkonimda tur,
O'ngda tur yo so'lda tur, sen
meni yonimda tur. Do'sti ko'p qaddi bukilmas
deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard do'stidan
molu jondin kechsa ham,
Boma deb garchi raqiblar zar
choponing yechsa ham, Garchi taqdir hush kelib
yo'lingga gullar sochsa ham,
Mayli har ne kechsa ham, do'st
bo'sang yonimda tur
Do'st bo'sang yonimda tur,
do'st bo'sang yonimda tur. Molu davlat qo'lda bo'lsa
do'stu yor ham ko'p bo'lar,
Qayga borsang olqishu,
maqtovchilar ham ko'p bo'lar,
Hech qoqilma, gar qoqilsang
g'iybatchilar to'p-to'p bo'lar, Munofiq ham soxta do'sting
dushmaningdek bo'pqolar,
Mayli har ne gap bo'lar, do'st
bo'sang yonimda tur,
Do'st bo'sang yonimda tur,
do'st bo'sang yonimda tur. Har yomonu yaxshi kunda
ko'zlarim do'st axtarar,
Bu ko'ngul har soniya ming
shirin so'z axtarar,
Kimki oni topmadib bitta gul
yuz axtarar, Charx urib oyu quyosh ham
kecha kunduz axtarar,
Top seni kim axtarar, do'st
bo'sang yonimda tur,Sherali Jo'rayev - Sherali Jo'rayev - http://motolyrics.com/sherali-jorayev/sherali-jorayev-lyrics.html
Do'st bo'sang yonimda tur,
do'st bo'sang yonimda tur. Nozaninlar bazmida aytilar
mastona so'z,
Termulib joningni olg'ay
surmali mastona ko'z,
Kelgil ey jonimki sendan
tinglayin do'stona so'z, Qo'llarim tutsin belingdin,
surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, do'st
bo'sang yonimda tur,
Do'st bo'sang yonimda tur,
do'st bo'sang yonimda tur. Bu jahonda do'st yo'q, qilma
oh, qilma xitob,
Do'stni top ham Haqni topgin,
Tangri bergan bir Kitob,
Haqni tosang do'stni topding,
do'st qidirsang Haqni top, Zarra imkoning bo'sa bir g'arib
ko'nglini top,
Haq yo'lida qil savob, do'st
bo'sang yonimda tur,
Do'st bo'sang yonimda tur,
do'st bo'sang yonimda tur. Ota-onag'a o'g'il-qiz
mehribondir do'st bo'lsa,
Hatto sevgan sevgiling ham
vafodordir do'st bo'lsa,
Yuzni burma og'a-ini garchi
ming xil so'z bo'lsa, Yetti yot begonalar ham
birodardir do'st bo'lsa,
Mayli har ne so'z bo'lsa, do'st
bo'lsang yonimda tur. Ey jonu dilim, sen meni
yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni
shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen
shirin jonimda tur, Bevafo jon deydilar, pokiza
iymonimda tur,
Qayda tursang tur vale, do'st
bo'sang yonimda tur,
O'ngda tur yo so'lda tur, sen
meni yonimda tur. Submitter's comments:  about friend

Write a comment

What do you think about song "Sherali Jo'rayev"? Let us know in the comments below!

Recommended songs